Darslikka ilova Muntazam yangilanadi

SI vositalari: joriy ro‘yxat

“Fizika va astronomiya o‘qitishda axborot texnologiyalarini qo‘llash” darsligida va kurs saytida ishlatiladigan sun’iy intellekt (SI) vositalari, ularning kursdagi vazifasi, kirish modeli va rasmiy sahifalari. SI vositalarining imkoniyatlari va tariflari tez o‘zgaradi, shuning uchun bu ro‘yxat darslik matnidan alohida, shu sahifada yangilab boriladi. Darslikdagi QR-kodlar shu sahifaga olib keladi.

Oxirgi yangilanish:

VositaKursdagi vazifasiKirish modeliDarslikdaRasmiy sahifaBepul muqobili
Katta til modellari (KTM)
ChatGPT
OpenAI
Dars ssenariysi, tushuntirish, kod, masala yechimini tekshirishBepul tarif (limitli) va pullik obunalarBob: 1–3, 7–9, 13, 15
Lab.: 1, 2, 4, 8, 9, 14
chatgpt.comBepul tarifi yetarli; muqobil: Gemini, Claude, DeepSeek bepul tariflari
Gemini
Google
Orkestrator: nazariya, ssenariy, diktor matni, boshqa vositalar uchun topshiriqBepul tarif va Google AI pullik obunalariBob: 1–3, 9
Lab.: 1, 2, 5, 10, 14, 15
gemini.google.comBepul tarifi yetarli; muqobil: ChatGPT, Claude bepul tariflari
Claude
Anthropic
Kod generatsiyasi (Canvas, RK4), kodni va formulalarni tekshirishBepul tarif va pullik obunalar (Pro, Max)Bob: 1–3, 6, 11, 15
Lab.: 1–9, 12–15
claude.aiBepul tarifi yetarli; muqobil: Gemini, ChatGPT bepul tariflari
Agentli dasturlash muhitlari
Google Antigravity
Google
Ko‘p faylli loyihani SI agent bilan yozish, ishga tushirib sinash va tuzatishBepul foydalanish (haftalik limitlar bilan); Google AI obunalarida limitlar yuqoriroqBob: 3, 7, 9–15
Lab.: 3, 7, 9, 12–15
antigravity.googleO‘zi bepul (limitli); muqobil: VS Code + GitHub Copilot bepul tarifi
Cursor
Anysphere
SI yordamchisi o‘rnatilgan kod muharririBepul Hobby tarifi va pullik tariflarBob: 3cursor.comVS Code + GitHub Copilot bepul tarifi
VS Code va GitHub Copilot
Microsoft, GitHub
Kod muharriri va SI yordamchisi (juftlikda dasturlash)VS Code bepul; Copilot — bepul limitli tarif va pullik obunalarBob: 3
Lab.: 8
code.visualstudio.comO‘zi bepul (Copilot — limitli bepul tarif)
Hisoblash vositalari
WolframAlpha
Wolfram Research
Analitik yechim, grafik, sonli tekshiruv (etalon)Asosiy imkoniyatlar bepul; Pro obunasi pullikBob: 2–4, 6, 8
Lab.: 4, 15
wolframalpha.comO‘zi bepul (asosiy imkoniyatlar); muqobil: GeoGebra CAS, Google Colab (SymPy)
ChatGPT ma’lumotlar tahlili (Code Interpreter)
OpenAI
Python hisoblari, xatolik grafiklari, log–log tahlilChatGPT tarkibida; bepul tarifda limitliBob: 2–4, 7, 8, 13
Lab.: 4, 8, 13
chatgpt.comGoogle Colab (Python, NumPy, Matplotlib) — bepul
Google Colab
Google
Brauzerdagi Python daftari: grafiklar va sonli tajribalarBepul; kuchliroq resurslar pullik (Colab Pro)Bob: 11
Lab.: 4, 8
colab.research.google.comO‘zi bepul
Simulyatsiya va ma’lumot bazalari
PhET Interactive Simulations
Kolorado universiteti
Tayyor simulyatsiyalarni kuzatish va teskari muhandislikBepul (ochiq ta’lim resursi)Bob: 1–3, 5, 6, 8–15
Lab.: 2, 3, 5, 12–15
phet.colorado.eduO‘zi bepul
Vascak.cz
V. Vašák
Fizika bo‘limlari bo‘yicha veb-simulyatsiyalarBepul veb-simulyatsiyalarBob: 1–3, 5, 12–15
Lab.: 2, 3, 12–14
vascak.czO‘zi bepul; reklamasiz muqobil: PhET
Algodoo
Algoryx
Mexanik tizimni tez prototiplash (2D fizik “qum quti”)BepulBob: 3, 12
Lab.: 12
algodoo.comO‘zi bepul
Stellarium
Stellarium jamoasi
Osmon xaritasi va astronomik kuzatuvlarni modellashtirishKompyuter versiyasi bepul va ochiq manbaliBob: 3stellarium.orgO‘zi bepul
GeoGebra
GeoGebra
Vektorlar, kuchlar diagrammasi va grafiklarNotijorat ta’lim maqsadida bepulBob: 6
Lab.: 6
geogebra.orgO‘zi bepul
NASA JPL Horizons
NASA JPL
Sayyora va kometalarning orbital elementlari (efemeridalar)Bepul (ochiq ilmiy ma’lumotlar)Lab.: 10ssd.jpl.nasa.gov/horizonsO‘zi bepul
Tasvir va video generatorlari
Midjourney
Midjourney
Laboratoriya jihozlari va ilmiy illyustratsiyalarFaqat pullik obuna (veb-saytda bepul sinov yo‘q)Bob: 1, 3
Lab.: 1, 3, 6
midjourney.comMicrosoft Designer (Bing Image Creator), Gemini va ChatGPT bepul tariflaridagi tasvir generatsiyasi, Stable Diffusion (ochiq manbali, o‘z kompyuterida); aniq ilmiy chizmalar uchun Inkscape, diagrams.net, GeoGebra
ChatGPT tasvir generatsiyasi (DALL-E)
OpenAI
Sxema va illyustratsiyalar, EJD chizmasiChatGPT tarkibida; bepul tarifda limitliBob: 1, 3
Lab.: 1, 6
chatgpt.comBepul tarifda limitli; muqobil: Microsoft Designer (Bing Image Creator), Inkscape
Runway
Runway
Qisqa kirish videolari (prototip)Bepul boshlang‘ich kreditlar va pullik obunalarBob: 1, 3, 12
Lab.: 1
runwayml.comO‘z Canvas simulyatsiyangizni OBS Studio bilan ekrandan yozib olish; Manim (ochiq manbali Python kutubxonasi) yoki Blender bilan animatsiya; montaj uchun Shotcut, Kdenlive
Sora
OpenAI
Qisqa kirish videolari (prototip)OpenAI hisobi orqali; mavjudligi va limitlari mamlakat va tarifga bog‘liqBob: 1, 3
Lab.: 1
sora.comFizik jihatdan aniq video uchun: Manim, Blender, Canvas simulyatsiyasini OBS Studio bilan yozib olish
Pika
Pika Labs
Qisqa animatsion videolarBepul tarif (limitli) va pullik obunalarBob: 1, 3, 12
Lab.: 1
pika.artManim, Blender, OBS Studio (simulyatsiyani ekrandan yozib olish)
Nutq sintezi (TTS)
Muxlisa AI
UZINFOCOM
O‘zbek tilida nutq sintezi va nutqni tanishBulutli xizmat yoki muassasa serverida o‘rnatish; shartlari rasmiy saytdaBob: 3, 10, 14, 15
Lab.: 3, 10, 14, 15
muxlisa.uzWeb Speech API (brauzer ovozlari), Microsoft Edge “Ovoz chiqarib o‘qish” funksiyasidagi o‘zbekcha ovozlar
Aisha AI
Aisha
O‘zbek tilida nutq sintezi va transkripsiyaTijoriy xizmat; shartlari rasmiy saytdaBob: 3, 10
Lab.: 10
aisha.groupWeb Speech API, Microsoft Edge “Ovoz chiqarib o‘qish” (o‘zbekcha ovozlar); transkripsiya uchun Whisper
ElevenLabs
ElevenLabs
Ifodali ovozli izoh (diktor)Bepul tarif (oylik kredit limiti) va pullik obunalarBob: 3, 10, 14, 15
Lab.: 3, 10, 14, 15
elevenlabs.ioWeb Speech API, Microsoft Edge “Ovoz chiqarib o‘qish”; o‘z ovozingizni Audacity’da yozib, qayta ishlash
Google Cloud Text-to-Speech
Google
Veb-ilovaga API orqali ulanadigan nutq sinteziHajmga qarab to‘lov, har oy bepul kvota; Google Cloud hisobi kerakBob: 3, 10, 14
Lab.: 10
cloud.google.comWeb Speech API (hisob va to‘lov kartasi kerak emas)
Web Speech API (speechSynthesis)
Brauzer standarti (W3C)
Simulyatsiya ichidagi ovozli izoh (saytdagi sinov maydoni)Bepul, brauzerga o‘rnatilgan; ovozlar to‘plami brauzer va OTga bog‘liqBob: 3, 10, 14, 15
Lab.: 14
developer.mozilla.orgO‘zi bepul
Transkripsiya
Otter.ai
Otter.ai
Ma’ruza yozuvidan konspekt va xulosa (ingliz tilida)Bepul Basic tarifi (oylik daqiqa limiti) va pullik tariflar; o‘zbek tilini qo‘llamaydiBob: 3, 11, 15
Lab.: 3, 11, 15
otter.aiWhisper (ochiq manbali, o‘zbek tilini qo‘llaydi), Google Colab’da ishga tushirish mumkin
Whisper
OpenAI
O‘zbekcha nutqni matnga aylantirish (natija qo‘lda tekshiriladi)Ochiq manbali model (MIT litsenziyasi): o‘z kompyuterida bepul; API orqali pullikBob: 3, 11, 15
Lab.: 3, 11
github.com/openai/whisperO‘zi bepul (o‘z kompyuterida yoki Google Colab’da)
Ta’lim platformalari
MagicSchool AI
MagicSchool
Diagnostika, topshiriq va rubrika tayyorlashO‘qituvchilar uchun bepul tarif; kengaytirilgan va muassasa tariflari pullikBob: 1–3, 10, 11, 15
Lab.: 1, 3, 11, 15
magicschool.aiO‘zi bepul (o‘qituvchilar uchun bepul tarif); muqobil: Google Forms, Gemini/ChatGPT bilan test va rubrika tuzish
Google Classroom
Google
Topshiriqlar va kursni boshqarishGoogle Workspace for Education Fundamentals doirasida bepulBob: 3, 11
Lab.: 11
classroom.google.comO‘zi bepul
Moodle
Moodle HQ
Universitet LMS: kurs, test, H5P modullariBepul, ochiq manbali (muassasa serverida)Bob: 3, 11
Lab.: 11
moodle.orgO‘zi bepul
HEMIS
OTM axborot tizimi
Kurs boshqaruvi va nazorat natijalariOliy ta’lim muassasasi beradiBob: 3universitet portaliOTM tomonidan beriladi
Originallik nazorati va nashr
Antiplagiat tizimi (masalan, Turnitin yoki milliy tizim)
Turnitin va boshqalar
Matnli qismlarning originalligini tekshirishMuassasa litsenziyasi orqaliBob: 3, 11, 15
Lab.: 3, 15
turnitin.comOTM litsenziyasi orqali; SI promptlar jurnali va og‘zaki himoya bilan to‘ldiriladi
GitHub va GitHub Pages
GitHub
Loyiha kodi, versiyalar tarixi va simulyatsiyani nashr qilishOchiq repozitoriylar va Pages bepul; kengaytirilgan tariflar pullikBob: 1, 3, 6, 9, 11, 15
Lab.: 8, 9, 15
pages.github.comO‘zi bepul

“Darslikda” ustuni: Bob — vosita tilga olingan boblar, Lab. — laboratoriya ishlari.

Ro‘yxatga kiritilmagan vositalar

SI matnini detektorlardan “yashirish” (humanizer) uchun mo‘ljallangan xizmatlar, jumladan Undetectable AI, akademik halollik vositasi sifatida tavsiya etilmaydi: bunday vositadan o‘tkazilgan ish qoidabuzarlik hisoblanadi. SI-detektorlarning natijasi ehtimoliy va yagona dalil bo‘la olmaydi. Originallik antiplagiat tizimi, SI promptlar jurnali va og‘zaki himoya bilan tasdiqlanadi (darslikning 3.8 va 15-boblari).

Ro‘yxat qanday yangilanadi

  • Ro‘yxat kamida har semestr boshida, shuningdek vositaning nomi, tarifi yoki mavjudligi o‘zgarganda ko‘rib chiqiladi.
  • Har bir o‘zgarish sanasi bilan quyidagi jurnalga yoziladi.
  • O‘zgarishni sezgan talaba yoki o‘qituvchi bu haqda kurs o‘qituvchisiga xabar beradi.

Yangilanishlar jurnali

← 3-ma’ruza: SI ekotizimi Bosh sahifa